Istanbullik Kelin Voqealari Rivoji 3-Mavsum 231-235 qismlar. Dilara Gunesh bilan ucharashdi!

REKLAMA

Загрузка...

Saytdan kino izlash

REKLAMA

Загрузка...

BIZGA QO`SHILING

Istanbullik kelin 231-235 qismlar. Dilara Gunesh bilan ucharashdi!

  •          Esma honim va Garipbey nikoxdan o’tish taraddudida. Qo’rg’ondagi barcha ayollar ular uchun hursand. Biroq erkaklar haqida bunday deb bo’lmaydi. Ular Esma honimning Garipbeyga turmushga chiqishini sira hazm qila olishmayotgandi. Boranlar honadonida to’yga tayyorgarlik boshlanib ketdi. Ipek va Sureyya to’y dasturxoni va yangraydigan musiqalarni tanlash bilan band. Nurgul va Esma honim esa keladigan mehmonlarni ro’yxatini tuzish bilan ovoralar. Sureyya marosimning ilk qo’shig’ini o’zi kuylashini ma’lum qiladi.
  •          Faruk onasining to’ydan keyin qayerda yashashini so’raydi. Esma honim qo’rg’onda farzandlari bilan birga yashamoqchiligini aytadi. Faruk esa Garipbey bilan bir uyda yashay olmasligi aytadi. Shunda Esma honim farzandlariga uyda ketishga roziligini bildiradi. Faruk va Fikret esa onalariga shu uyda qolishini, o’zlari esa yangi uy qidirayotganlarini yaqin orada ko’chib ketishlarini aytishadi.
  •            Gunesh Senem xolaning uyiga keladi. Xola esa unga oilali erkakning boshini aylantirayotganini aytib tanbeh beradi. Gunesh esa endi yosh bola emasligini hayotiga aralashmasiligini aytib turganida xonaga Dilara kirib keladi. Senem hola har ikkisini bir-biriga tanishtirishga majbur bo’ladi. Gap orasida Boranlar honadonidagi hammom haqida gaplashishadi. Gunesh u yerni bilishini aytadi. Dilara hayron bo’lib unga qaraydi. Chunki, oxirgi vaqtlar qo’rg’onda Adem yolg’iz yashagandi.
  •          Ipek O’kan bilan tez-tez qo’ng’iroqlashib turar edi. Bu Fikretning jig’iga tegayotgandi. Ipek O’kanning shirkatini Bursadan turib boshqarayotgandi. Shu sababli ularning gaplashib turishi ish sababli ekanligini bilsa ham Fikret qaysarlik qiladi. Fikret Ipekka boshqa ishga bormasligi balki o’zlariga yangi uy qidirishini talab qiladi. Ipek erining bu gapini hazil deb tushungandi. Shu sababli uning bu gapiga unchalik ha e’tibor qaratmaydi.
  •          Sureyya Farukni qo’rg’ondan ko’chib ketmaslikka undaydi. «Onam turmush o’rtog’i bilan bemalo yashayversin. Gap tamom», — deb gapga nuqta qo’yadi Faruk. Sureyya erining onasiga bo’lgan munosabatidan hafa edi. Esma honim esa o’g’illarining bu qarorini, balki yaxshilikkadir deb qabul qiladi. «Garipni boshidan farzandlarimga dushman qilib ko’rsatgan o’zim edim», — deydi Esma honim Sureyyaga. «Keyin esa to’satdan unga turmushga chiqishimni e’lon qildim. Bir paytlar men istamagan qizni olib kelganida men ham xuddi shunday ish qilgandi. Hozir esa o’sha holatni aksi bo’layapti».
  •          Gunesh Dilara bilan holi qolganida bola haqida surishtiradi. Dilara tug’ruq davri yaqinlashib qolganini, homiladorlik yengil o’tayotganini, Adem farzandli bo’lishini eshitganidan beri osmonlarda yurganini, keyingi gal tekshiruvga birga bormoqchi ekanligini aytib beradi. Adem bu paytda Guneshning uyida yashayotgandi, hali to’liq tuzalmagandi. Shu bois Dilara bilan tekshiruvga birga bormoqchiligini eshitib hayron bo’ladi. Xuddi o’sha payt Adem Guneshga qo’ng’iroq qiladi. Uning qo’ng’irog’ini ko’taray desa ro’parasida Dilara turibdi, ko’tarmay desa uning har bir qo’ng’irog’ini muhim deb biladi. Shu bois bir oz ikkilanib qoladi.
  •          Fikret Ademning yoniga keladi. Adem uni istar-istamas kutib oladi. Fikret uni ko’rsada ko’rmaganlikka olib o’tib ketaverishi ham mumkin bo’lsa-da, u uchu ko’ksini tig’ga tutgani uchun minnatdorchilik uchun bildirishga kelgan edi. Shunda ko’zi qo’ltiqtayoqqa tushib vijdoni yanada qiynaladi. So’ng Ademga onasi va Garipbeyning to’y taklifnomasini beradi. Adem esa: «Agar men to’yga boradigan bo’lsam onang yuragini changallab qoladi. O;gay otangga ham ancha ko;nikib qolgandursan», — deb piching qiladi.
  •         VOQEALAR RIVOJINI TABRIK.RU SAYTIDA KUZATIB BORING

Метки

Amazonka Xazinasi - HD Bajirao Mastani - HD Begunoh Yangi O'zbek Seriali Barcha Qismlari Bokira Yangi O'zbek Seriali Barcha Qismlari 2019 Dengiz o'g'loni (Akvamen) - HD Ertug'rul Turk Tarixiy Seriali Barcha Qismlari FUTBOL TV - Futbol telekanali Gullar Iztirobi Barcha Qismlari Handalak - Kuch Birlikda (2018) nomli konsert dasturi Ishq Ifori (Kechaning qirolichasi) Turk Seriali Barcha Qismlari O'zbek Tilida Istanbullik Kelin Barcha Qismlari Izquvar Filinta Barcha Qismlari Jinoyatchi Xonimlar Barcha Qismlari Yangi Turk Seriali O'zbek tilida 2017 Jon Uik - HD (Horij kinosi / O'zbek tilida) Kinoteatr Telekanali HD TV dasturlari / Haftalik To'liq Programma Kutubxonachi-1 - HD Kutubxonachi-2 — HD La'natlanganlar oroli 2009 - HD (Horij kinosi / O'zbek tilida) Madam - HD (Horij kino / O'zbek tilida) MATRITSA 3 — MATRIX 3 REVOLYUTSIYA (UZBEK TILIDA ) Mavsum 2019 - HD (Hond kino / O'zbek tilida) Metin Musht Barcha Qismlari Mo'jiza bog'i Yangi Koreys Seriali O'rgimchak odam-3 2019 - HD O'tmish Afsonasi Yangi Koreya Seriali Barcha Qismlari O'zbek tilida Oltin Qo'llar - HD (Horij kino / O'zbek tilida) Otalar so'zi - Tama (26.01.2019). Qadrdonlar Premyera 2018 - HD Qani qistir (Gobliddin tarjimasi) - HD Qizim / Kizim Barcha Qismlari Yangi Turk Seriali 2018 Qonli Uy 2019 - HD (Hind kinosi / O'zbek tilida) Tannoz xonim - HD Tezlik asiri - HD (Horij kinosi / O'zbek tilida) Toshkent Voqeasi 2019 - HD (Hind kinosi / O'zbek tilida) Tungi shahar ovchilari - HD 2019 Zero / Nol Premyera 2018 - HD Азизе / Azize Бэтмен против Супермена На заре справедливости Канал Матч ТВ смотреть онлайн прямая трансляция бесплатно Любимое прошлое / Sevgili Gecmis Меня зовут Мелек / Benim Adim Melek Однажды в Чукурова / Bir Zamanlar Cukurova Все серии (2018) Основание Осман / Kurulus Osman Противостояние / Yuzlesme Пуля / Kursun

Оставьте первый комментарий

Оставить комментарий